Yevroittifoq hukumati Shengen hududiga kirishni taqiqlaydi
Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sababli Yevroittifoq hukumati Shengen hududiga kirishni taqiqlashni rejalashtirmoqda.
Financial Times nashri manbalarining ma'lumot berishicha, taqiq to‘g‘risida 16 mart kuni kechqurun e'lon qilinishi mumkin.
Ushbu mavzu Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron, GFR kansleri Angela Merkel, Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen va Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda muhokama qilingani aytilmoqda.
Qayd etilishicha, chegaradan uchinchi davlatlar fuqarolari o‘ta olmaydi. Shu bilan birga, Shengen hududiga kirmaydigan davlatlarga ushbu taqiqqa qo‘shilish taflif etilgan. Gap Bolgariya, Irlandiya, Kipr, Ruminiya va Xorvatiya haqida bormoqda.
Buyuk Britaniyaning maqomi hozircha noma'lum, chunki hozirda uning YeI tarkibidan chiqish jarayoni ketmoqda.
Taqiq YeI fuqarolari va ularning oila a'zolari hamda sog‘liqni saqlash va transport kabi muhim sohalarga taalluqli bo‘lmaydi.
Mavzuga oid
12:50 / 02.11.2024
Lavrov Ukrainada urush boshlanganidan beri ilk bor Yevroittifoqqa boradi
21:49 / 31.10.2024
Yevroittifoq Xitoyning Temu internet-do‘konini jarimaga tortmoqchi
10:10 / 28.10.2024
Yevroittifoq Gurjistonda saylovlardagi qonunbuzarliklarni tekshirishga chaqirdi
11:00 / 16.10.2024