O‘zbekiston | 00:17 / 24.03.2020
80749
1 daqiqa o‘qiladi
Plastik va qog‘ozda 5 kungacha: Koronavirus narsa-buyumlar yuzasida qancha vaqt yashaydi?
Infeksiya eng uzoq vaqt qog‘oz va plastik yuzada saqlanishi mumkin.
O‘zbekistonda allaqachon 40dan ziyod kishiga yuqqan koronavirusli infeksiya turli yuzalarda 5 kungacha saqlanib turishi mumkin ekan. Ukrainalik taniqli pediatr Yevgeniy Komarovskiy bu borada infografika e'lon qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, infeksiya qog‘oz va plastik yuzada eng uzoq vaqt davomida saqlanishi mumkin – 5 kungacha.
Shuningdek, u 4 kungacha yog‘och hamda shisha yuzada saqlanib turishi mumkin.
Virus alyuminiy yuzalarda 2 soatdan 8 soatgacha, jarrohlik qo‘lqoplarida 8 soatgacha, temir sirtlarda 48 soatgacha saqlanadi.
Yodda tuting: o‘zingizni saqlash uchun:
- O‘RVI alomatlari bor insonlar bilan aloqada masofalaning — kamida 1,5 metrgacha;
- yuzingizga, jumladan, ko‘z, burun va og‘zingizga teginmang;
- mahsulotlarni olovda toblab iste'mol qiling — go‘sht, go‘sht mahsulotlari va tuxumni xomligicha yemang;
- O‘RVIning birinchi alomatlari paydo bo‘lganda zudlik bilan oilaviy vrachingizga murojaat qiling.
Mavzuga oid
17:49 / 14.08.2023
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi sut sotuvi boshlandi
18:58 / 06.05.2023
JSST koronavirus hech qachon butunlay yo‘q qilinmasligini aytdi
19:23 / 05.05.2023
JSST koronavirus pandemiyasi tugaganini e’lon qildi
18:19 / 02.05.2023