«Xorazmda koronavirus tarqalgani yolg‘on» - Otabekov
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Canitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekovning aytishicha, Xorazm viloyatining Urganch tumanidagi Qaraman qishlog‘ida koronavirus kasalligi tarqalgani haqidagi ma'lumotlar asossiz.
«Ijtimoiy tarmoqlarda aylanayotgan Xorazm viloyatining Urganch tumanidagi Qaraman qishlog‘ida koronavirus kasalligi tarqalgani haqidagi ma'lumotlar asossiz. Bu kabi yolg‘on ma'lumotlarni tarqatganlik uchun javobgarlik bor.
Hozir respublika bo‘yicha Toshkent, Farg‘ona, Namangan va Andijon shaharlarida koronavirusga chalinganlar aniqlangan. Aksariyat bemorlar Toshkent shahridagi joylashgan Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida, shuningdek, Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlaridagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda», deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallangan 82 nafar bemor Toshkent shahridan tashqari Namangan (5 nafar), Farg‘ona (6 nafar), Andijon (3 nafar) va Buxoro viloyatlarida (3) yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarga joylashtirilganini ma'lum qilgan edi.
Mavzuga oid
18:40 / 18.09.2024
Urganch davlat universiteti tomonidan o‘tkazilgan tenderda qonunbuzilishi aniqlandi
11:40 / 10.09.2024
Xorazmda 4 tup daraxt kesgan shaxs jarima va zarar uchun 27,8 mln so‘m to‘laydi
10:43 / 05.09.2024
Latviya Xorazmda matematika va IT yo‘nalishida maktab ochadi
18:31 / 19.08.2024