Sport | 23:06 / 06.04.2020
16589
1 daqiqa o‘qiladi

Gvardiolaning onasi koronavirusdan vafot etdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning onasi koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda klub rasmiy tvitterida xabar berildi.

Foto: Sky News

«Manchester Siti» oilasi Xosep Gvardiolaning onasi Dolors Sala Karrio koronavirus sabab vafot etganidan qayg‘uda ekanini ma'lum qilamiz. U 82 yoshda edi. Klubdagi hamma ushbu og‘ir damda Pepga hamdard ekanini ma'lum qilamiz», deyiladi klub rasmiy tvitteridagi postda.

Gvardiolaning onasi Barselonadagi kasalxonalardan birida jon bergan. Oldinroq «Manchester Siti» ustozi Barselona shifokorlar birlashmasiga xayriya qilgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid