Qor oqibati: elektr ta'minotini tiklash choralari ko‘rilmoqda
Kutilmagan hamda kuchli qor ko‘p hudud va sohalarda ayrim muammolarni keltirib chiqarmoqda. Jumladan, elektr energiyasini uzatishda ham uzilishlar kuzatilyapti.
“Mamlakatimiz bo‘ylab kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli respublikamizning turli hududlarida elektr qurilmalarida vujudga kelgan avariyaviy holatlar hamda qalin qor yog‘ishi oqibatida daraxt shoxlarining sinib, elektr tarmoqlariga shikast yetkazishi natijasida elektr energiyasi yetkazib berishda vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda.
Ayni vaqtda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ topshirig‘i bilan respublikamizning barcha hududlarida elektr ta'minoti korxonalarining tezkor brigadalari tomonidan ta'mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ elektr ta'minotidagi vaqtinchalik uzilishlar uchun iste'molchilardan uzr so‘ragan holda, ushbu ishlarni yakunlash va elektr ta'minotini tiklash choralari ko‘rilayotganligini ma'lum qiladi” – deyiladi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati ma'lumotida.
Mavzuga oid
10:00 / 22.09.2024
Andijon va Xorazm viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalangan korxonalar aniqlandi
17:31 / 28.08.2024
Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun majburiy to‘lovlarni undirish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
21:08 / 22.08.2024
Gaz qazib olish qisqaryapti, elektr energiyasi ishlab chiqarish ham kamaygan
15:24 / 19.08.2024