YeXHT koordinatori O‘zbekistondagi mahkumlarga insonparvarlik yordami ko‘rsatdi
Insonparvarlik yordami o‘z ichiga 15 turdagi turli tibbiy himoya, kir yuvish va shaxsiy gigiyena xamda antibakterial vositalarni jamlagan
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori mamlakatdagi jazoni ijro etish muassasalariga koronavirus infeksiyasini kirib kelishini oldini olishda Bosh boshqarma tomonidan olib borilayotgan ishlarga ko‘maklashish uchun insonparvarlik yordamini ko‘rsatdi.
IIV JIEBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, insonparvarlik yordami o‘z ichiga 15 turdagi turli tibbiy himoya (yuz niqoblari, tibbiy qo‘lqoplar, himoya kostyumlari, bog‘lov materiallari), kir yuvish va shaxsiy gigiyena xamda antibakterial vositalarni jamlagan bo‘lib, uning umumiy qiymati 180 million so‘mdan ortiqdir.
Ushbu vositalar tarbiya koloniyasidagi voyaga yetmagan mahkumlar va mahkuma ayollarning koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan maxsus kontingent uchun, shuningdek, ushbu muassasalarda xizmat qilayotgan xodimlarga maqsadli ravishda yetkazib berildi.
O‘z navbatida, IIV JIEBB rahbariyati jazoni ijro etish muassasalarida Covid-19 infeksiyasi kirib kelishini oldini olish bo‘yicha ko‘rsatilgan insonparvarlik yordami uchun YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori, elchi Jon MakGregorga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.
Mavzuga oid
13:00 / 20.06.2024
Rossiya YeXHT PAdagi ishtirokini to‘xtatmoqchi
12:23 / 30.05.2024
YeXHT DIIHB missiyasi ekspertlari O‘zbekistonga keldi
22:57 / 29.05.2024
Namangandagi qamoqxonada 24 yoshli mahkum o‘z joniga qasd qildi
10:07 / 08.05.2024