Jamiyat | 17:17 / 16.04.2020
26161
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

CLICK Evolution yangi qiziqarli «fishka»larni taqdim etdi

Foto: Click

Yangilangan CLICK Evolution ilovasida Siri, avtoto‘lovlar, «Do‘stingiz yordami» va boshqa funksiyalar mavjud.

CLICK muntazam ravishda foydalanuvchilarning istaklarini o‘rganib boradi va o‘zining CLICK Evolution ilovasida har bir yangilanish bilan qiziqarli yechimlarni taqdim etishga harakat qiladi. Bu safar CLICK o‘z misolida o‘zini izolyatsiya qilish qoidalariga rioya qilish qanchalik muhimligini ko‘rsatib berib, logotipini karantin davrida o‘zgartirdi. Ilovani yangilaganingizdan so‘ng, siz CLICK-ni niqobda ko‘rasiz. Va foydalanuvchilarni bir qator ajoyib yangi «fishka»lar kutmoqda.

Yangilangan ilovaning so‘nggi qiziqarli «fishka»lari:

1. Siri bilan integratsiya. Endilikda siz Siri-ga ko‘rsatilgan buyruqlar bilan murojaat qilishingiz mumkin, u esa ilovada kerakli bo‘limni ochishga yordam beradi – «To‘lov», «Pul o‘tkazmalari», «CLICK PASS», «QR- Skaner».

Ovozli buyruq juda ko‘p afzalliklarga ega. Iste'molchilar hattoki eng oddiy grafik interfeyslarni o‘zlashtirishlariga ham hojat qolmaydi. Avtomobil haydash vaqtida yoki oshxonada qo‘llaringiz bandligida ovozli buyruq berishingiz mumkin. Ko‘rish qobiliyati past odamlar uchun qulay. Oddiy suhbatdan yana nima osonroq bo‘lishi mumkin?

2. «Avtoto‘lovlar» xizmati qo‘shildi, u esa, o‘z navbatida, 2 turga bo‘linadi:

  • Rejalashtirilgan avtoto‘lov – ta'minotchiga har oy yoki haftada ma'lum bir sanada ko‘rsatilgan miqdorda to‘lovlarni amalga oshirish uchun ishlatiladi.
    Masalan, har oyning so‘nggi kunida (CLICKning o‘zi buni 30 yoki 31-kuni aniqlaydi) Internet yoki telefon uchun to‘lovlar avtomatik ravishda o‘tishini sozlashingiz mumkin.
    Bu vaqtingizni tejashga va to‘lovlarni har doim o‘z vaqtida amalga oshirishga imkon beradi.
  • Voqea-hodisaga ko‘ra avtoto‘lov turi – ta'minotchida shaxsiy hisobingiz balansidagi summa ma'lum miqdorga yetganda to‘lovni amalga oshirishda foydalaniladi.
    Barcha zarur to‘lovlarni bir marta o‘rnatganingizdan so‘ng, barcha to‘lovlar o‘z vaqtida va sizning ishtirokingizsiz amalga oshirilishiga amin bo‘lishingiz mumkin. Xizmatni yoqtirish – bepul.

Masalan, balansingizda $1 dan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, siz hisobingizni avtomatik ravishda $5 ga to‘ldirishingiz mumkin, ushbu funksiya balans quyi chegaraga yetganda har safar avtomatik ravishda, siz o‘rnatgan miqdordan (masalan, oyiga $15) oshmagan holda amalga oshiriladi.

Ushbu foydali xususiyat oilangiz va do‘stlaringizning aloqada qolishiga yordam beradi. Barcha to‘lovlar o‘z vaqtida va sizning ishtirokingizsiz amalga oshiriladi. Xizmatni faollashtirish – bepul.

3. «Ishonchli qurilmalar» – bu sizning akkauntingizning boshqa qurilmalarini ko‘rish va o‘chirish imkoniyatini beradigan funksiya. Bu funksiyani Sozlamalar –> Xavfsizlik bo‘limida topishingiz mumkin.

4. «Do‘stingiz yordami» yangi funksiyasi qo‘shildi. Endilikda hisobingizda mablag‘ tugagan bo‘lsa, siz to‘lov uchun hisobni ko‘rsatgan holda do‘stlaringizga so‘rov bilan murojaat qilishingiz mumkin.

5. «Mening QR-kodim» – QR-kodidan foydalangan holda pul o‘tkazish uchun yangi imkoniyat. Endilikda siz kartangiz raqamini hech kimga ko‘rsatishingiz shart emas, pul o‘tkazmasini amalga oshirish uchun oddiygina QR-kod va havolani ulashishning o‘zi kifoya.

Shuningdek, ushbu bo‘limda siz o‘zingizning shaxsiy QR kodingizni barcha kerakli ma'lumotlar bilan yuklab olishingiz, uni chop etishingiz va kartangizga pul o‘tkazmalarini qabul qilib olishingiz uchun o‘zingizga qulay qilib joylashtirishingiz mumkin.

CLICK Evolution ilovasini yangilang va eng qulay vositalardan foydalaning.

Ilovani bu yerdan yuklab oling.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid