O‘zbekiston | 14:33 / 20.04.2020
32542
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi tashkil etilgan Tuproqqal'a tumaniga hokim tayinlandi

Xorazm viloyatida yangi tashkil etilgan Tuproqqal'a tumani rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.

Salayev Alisher Ro‘zmetovich

20 aprel kuni Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda tashkiliy masala ko‘rildi. 2018 yil 1 dekabrdan Gurlan tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Salayev Alisher Ro‘zmetovich Tuproqqal'a tumani hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
 
Shuningdek, Gaybiyev Sultanbay Muxamadjanovich tuman prokurori, Allaberganov Ixtiyor Baxtiyorovich tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, Sultanov Inomjon Ikromovich tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sherzod Kudbiyev, viloyat hokimi Farhod Ermanov va Tuproqqal'a tumanini tashkil etish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi a'zolari qatnashdi.

Mavzuga oid