Noqonuniy ov uyushtirgan tuman hokimi o‘rinbosari va IIB xodimi aniqlandi
16 oktabr kuni harbiy qism chegarachilari bilan o‘tkazilgan ekologik nazorat tadbiri davomida 8 nafar fuqaro noqonuniy ov qilish maqsadida yurganligi aniqlandi.
Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabariga ko‘ra, Xorazm viloyatining Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh Tuproqqal'a tumanining chegaraoldi hududida tungi soat 02.00 larda, chegaraoldi hududlarida bo‘lish rejimini hamda ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzib, bir dona yovvoyi hayvonni otib o‘ldirgan 8 nafar fuqaro aniqlangan.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, ovchilarning biri tuman hokimi o‘rinbosari, boshqasi tuman IIB mas'ul xodimi bo‘lgan.
«Huquqbuzarlardan 6ta ov quroli, 105ta o‘qdori va 4ta qarmoq ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Mazkur huquqbuzarlik holati yuzasidan to‘plangan hujjatlar sud idoralariga taqdim etiladi», — deyiladi Ekologiya qo‘mitasi xabarida.
Tuproqqal'a tumani hokimiyati yoxud tuman IIB mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirmagan.
Kun.uz’ga ma'lum bo‘lishicha, noqonuniy ov uyushtirgan shaxslarga nisbatan javobgarlik masalasi o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid
12:58 / 07.11.2024
Buxoroda noqonuniy ov natijasida tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
23:42 / 27.11.2023
Qoraqalpog‘istonda o‘rmon xo‘jaligi rahbari noqonuniy ov qilib yurgani aniqlandi
21:56 / 19.05.2023
11 ta bulbulni ovlagan fuqaro qariyb 7 mln so‘m jarimaga tortildi
15:12 / 21.12.2022