11 ta bulbulni ovlagan fuqaro qariyb 7 mln so‘m jarimaga tortildi
Qushlar tabiatga qo‘yib yuborildi.
Toshkent viloyati, Ohangaron tumani tog‘li hududlaridan noqonuniy ravishda, hech qanday ruxsatnomasiz 11 ta bulbulni ovlagan fuqaro ushlandi. Qonunbuzarlik holati Tabiat resurslari vazirligi Toshkent viloyati boshqarmasi, IIB YPX va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligidagi reyd tadbirida aniqlangan.
Huquqbuzardan noqonuniy ov qurollari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Qushlar esa tabiat bag‘riga qo‘yib yuborilgan.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. U hayvonot dunyosiga 3,6 mln so‘m miqdorida zarar yetkazgani aniqlandi. Shuningdek, 3,3 mln so‘m jarima belgilandi.
Huquqbuzar jami 6,9mln so‘m miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi.
Mavzuga oid
22:32 / 19.09.2024
Chang bo‘ronlariga qarshi kurashish va oqibatlarini yumshatish bo‘yicha milliy dastur ishlab chiqildi
10:06 / 19.09.2024
“Omonqo‘ton” milliy tabiat bog‘idagi noqonuniy yo‘l: prokuratura jinoyat ishi qo‘zg‘atdi
21:39 / 17.09.2024
Olimlar Antarktida ustidagi ozon teshigining qisqarganini e’lon qildi
19:03 / 14.09.2024