Toshkent zilzilasiga 54 yil to‘ldi. «O‘zarxiv» arxiv hujjati va videorolik e’lon qildi
Toshkentda katta vayronagarchilikka sabab bo‘lgan 8 balli zilzila ro‘y berganiga 26 aprel kuni 54 yil to‘ldi.
1966 yilning 26 aprelida tong soat 05:23da yuz bergan qattiq yer silkinishlari poytaxtimizda o‘sha vaqtda yashayotgan 1,5 million aholining beshdan bir qismini — 300 mingdan ziyod insonni boshpanasiz qoldirdi. Shaharni tiklash ittifoqdosh respublikalar ko‘magi bilan bor-yo‘g‘i 3,5 yil vaqtni oldi.
Bu fojiali voqeani xotirlash uchun «O‘zarxiv» agentligi O‘zbekiston milliy arxivida saqlanib kelayotgan hujjatni e’lon qildi.
«Ushbu fojiali voqeani eslab, biz sizning e’tiboringizga tarixiy arxiv hujjatini — RSFSR Vazirlar Kengashining 1966 yil 23 maydagi Toshkentdagi zilziladan jabr ko‘rgan 1000 oilani joylashtirish va ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi 1284-sonli buyrug‘ini taqdim etmoqchimiz», deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, «O‘zarxiv» agentligi Toshkent zilzilasini yodga soluvchi videorolik ham e’lon qildi.
Mavzuga oid
14:04 / 22.09.2024
Toshkentda katta tezlikda harakatlangan haydovchi 19 yoshli qizning hayotiga zomin bo‘ldi
07:30 / 21.09.2024
Toshkentda mashinasini sotishni aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
12:20 / 20.09.2024