Jyeff Bezos tarixdagi birinchi trillionerga aylanishi mumkinligi aytildi
Forbes ma'lumotiga ko‘ra, Jyeff Bezosning boyligi bugungi kunda 143,9 mlrd dollar deb baholanmoqda.
Amazon asoschisi Jyeff Bezos boyligi 1 trln dollardan oshgan ilk insonga aylanishi mumkin. Bu haqda Comparisun maslahatlar servisi tadqiqotida aytilmoqda.
Kompaniya ekspertlarining fikricha, Bezosga xotini bilan ajrashgani uchun 38 mlrd dollar yo‘qotgani ham, koronavirus pandemiyasi ham xalaqit bermaydi. Uning kapitali qiymati keyingi besh yilda yiliga o‘rtacha 34 foizdan o‘sdi. Mana shu ketishda Bezos 2026 yilga kelib dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin, deb hisoblamoqda tahlilchilar.
Forbes ma'lumotiga ko‘ra, Bezosning boyligi bugungi kunda 143,9 mlrd dollar deb baholanmoqda.
Boyligi trillion dollarga yetishi mumkin bo‘lganlar orasida Amazon asoschisidan keyin xitoylik developer Syuy Tszyain turibdi. Comparisun tahlilchilarining fikricha, u Bezosdan bir yil keyin trillionerga aylanadi. Alibaba Group asoschisi Jyek Maning boyligi 2030 yilda bir trillion dollarga yetadi.
Tadqiqotda Facebook asoschisi Mark Tsukerberg 2036 yilda tarixdagi eng yosh trillionerga aylanishi mumkinligi aytilgan.
Mavzuga oid
19:19 / 13.12.2024
Amazon ham Trampning inauguratsiyasi uchun 1 mln dollar xayriya qiladi
22:30 / 08.09.2024
2027 yilda dunyoda birinchi trillioner paydo bo‘lishi mumkin
19:11 / 04.09.2024
Amerikalik milliarder Jyeff Bezos 80 mln dollarga shaxsiy samolyot sotib oldi
16:08 / 06.03.2024