O‘zbekiston | 00:29 / 15.05.2020
282816
2 daqiqa o‘qiladi

Karantin 1 iyungacha uzaytirildi va navbatdagi yengilliklar e'lon qilindi

Respublika maxsus komissiyasining 14 maydagi qarori bilan O‘zbekistonda amaldagi karantin talablari 2020 yil 1 iyunga qadar uzaytirildi.

15 maydan boshlab quyidagi faoliyat turlariga ruxsat beriladi: 

«Qizil» toifadagi hududlarda:

  • yakka tartibdagi hunarmandchilik;
  • avtomobillarga va qishloq xo‘jalik mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish; 
  • elektron qurilmalarni (kompyuter va maishiy texnika vositalari) va aloqa vositalarini ta'mirlash; 
  • ijara va lizing xizmatlari; 
  • buxgalteriya sohasiga oid xizmatlar (auditorlik, soliq maslahati va boshqalar) ko‘rsatish.

«Sariq» toifadagi hududlarda «qizil» toifadagi hududlarga qo‘shimcha ravishda:

  • rieltorlik faoliyati;
  • reklama va marketing faoliyati;
  • xususiy bandlik agentliklari faoliyati;
  • mehmonxonalarga o‘z oshxonalarida ovqat pishirish hamda xonalarga yetkazib berish;
  • park va istirohat bog‘lari (attraksionlar, ko‘ngilochar obektlar hamda tezkor ovqat tayyorlash nuqtalari faoliyati bundan mustasno) faoliyati. Bunda park va istirohat bog‘lariga kirish karantin talablariga qat'iy rioya qilgan holda soat 09-00dan 20-00ga qadar 2 nafar shaxsdan ko‘p bo‘lmagan guruhlarda (oilaviy guruhlar bundan mustasno) amalga oshiriladi.

Toshkentda ham kun davomida stikersiz harakatlanishga ruxsat berildi

«Yashil» toifadagi hududlarda «sariq» va «qizil» toifadagi hududlarga qo‘shimcha ravishda:

  • ochiq sun'iy qoplamali sport o‘yingohlari (tashrif buyuruvchilar sonini cheklash sharti bilan, yechinish va yuvinish xonalaridan foydalanmagan hamda oraliq masofani saqlagan holda);
  • kompyuter (skaner, nusxa ko‘chirish, matn terish, chop etish) va poligrafiya xizmatlari;
  • muzeylar faoliyati (tashrif buyuruvchilar sonini cheklagan hamda oraliq masofani saqlagan holda);
  • veterinariya xizmatlari;
  • binolarga xizmat ko‘rsatish va landshaftni obodonlashtirish faoliyati.

Toshkentdan bir necha shaharga aviaqatnovlar va yo‘lovchi poyezdlari harakati tiklanmoqda  

Mavzuga oid