O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2200ga yaqinlashdi
Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2195 nafarni tashkil etmoqda.
Poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 3 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 24 nafar, jami 27 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayganlarning barchasi Toshkent shahridan va koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlardan 1 nafari erkak, 2 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 31 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 11 yoshda.
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 4 nafari kasallikni koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan. Qolgan 20 nafar fuqaro esa chet eldan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Ulardan 21 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 60 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 4 yoshda.
Toshkent shahrida shu paytga qadar 682 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 709 nafarga yetdi.
Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2195 nafarni tashkil etmoqda.
Mavzuga oid
00:09 / 01.10.2024
Agrar universitetdagi yong‘in o‘chirildi
09:30 / 30.09.2024
Toshkentda o‘zini bank xodimi deb tanishtirib, o‘zganing 15 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
12:20 / 28.09.2024
“Tezligim 80 da edi” – 19 yoshli qizni urib yuborgan haydovchi qamoqqa olindi
22:30 / 27.09.2024