Jamiyat | 01:07 / 26.05.2020
4785
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda tibbiy niqoblar ishlab chiqarish kuniga 10,8 mln donagacha yetkazildi

O‘zbekistonda 18 may holatiga himoya niqoblari ishlab chiqarish kuniga 10,8 mln donagacha yetkazildi. Bu haqda «O‘zto‘qimachiliksanoat» assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, COVID-19 pandemiyasi tarqalishi sababli dunyoning ko‘plab mamlakatlari aholi uchun himoya niqoblari va kombinezonlar yetishmasligi muammosiga duch keldi. O‘zbekistonda ham aholini niqoblar bilan ta'minlash dolzarb vazifaga aylandi.

Sohadagi 275 korxonada kuniga 6 mln donadan ortiq niqob va 45 ming dona kombinezon ishlab chiqarilmoqda. Shu bilan birga, 1,7 mln dona himoya niqobi va 1,2 mln dona xalat gumanitar yordam sifatida, 13,4 mln dona niqob eksportga jo‘natildi. 

Mamlakatda niqoblar ishlab chiqarish bo‘yicha Toshkent shahri, Namangan, Andijon va Toshkent viloyatlari yetakchilik qilmoqda. Ishlab chiqarilgan mahsulotning 75 foizi ular ulushiga to‘g‘ri keladi.

Mavzuga oid