Qaysi sohalarda millionerga aylanish oson ekanligi ma'lum bo‘ldi
Ma'lumot berilishicha, boyligi 5 mln dollardan ortiq bo‘lgan tadbirkorlarning aksariyati (30 foizga yaqini) o‘z mablag‘larini bank yoki moliya sohasida qo‘lga kiritgan.
Wealth-X tadqiqot kompaniyasi dunyo bo‘yicha boyligi 5 mln dollardan ortiq bo‘lgan minglab insonlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni tahlil qilib chiqdi va badavlat insonlar boylikka eng ko‘p erishgan 10ta sohani aniqladi. Bu haqda Business Insider nashri xabar bermoqda.
10. Yegulik va ichimliklar
Qayd etilishicha, tadbirkorlarning 3,8 foizi ushbu sohada 5 mln dollardan ko‘proq pul ishlagan.
9. Qurilish va texnika ishlab chiqarish
Bu sohada boylikka erishganlar 3,9 foizni tashkil qiladi.
Ular orasida qopchiqsiz changyutkich ixtiro qilgan va maishiy elektronika ishlab chiqaruvchi Dyson kompaniyasiga asos solgan Jyeyms Dayson ham bor. Uning sof kapitali 6,1 mlrd dollar deb baholanmoqda..
8. Mehmonxona va ko‘ngilochar biznes
Bu yo‘nalishdagi badavlat insonlar ulushi 4,1 foizga teng.
Sobiq ko‘cha artisti Gi Laliberte uning Monrealdagi sirk truppasi Cirque du Soleil nomi bilan mashhur saltanatga aylangach, 1,2 mlrd dollarga ega bo‘lgan.
7. Ishlab chiqarish
Tadqiqotda aytilishicha, eng boy insonlarning 4,1 foizi o‘z boyligiga ushbu soha orqali erishgan.
ABC Supply (tom yopish materiallari va oynalar ishlab chiqarish) kompaniyasi egasi Diana Xendriks 8,9 mlrd dollar boyligi bilan mana shu ro‘yxatdan joy oldi.
6. Texnologiyalar
Bill Geyts va Mark Tsukerberg ushbu sohada boylikka erishgan 4,7 foiz tadbirkor orasidagi eng taniqli milliarderlar hisoblanadi.
5. Sog‘liqni saqlash
Boyligi 5 mln dollardan ortiq bo‘lgan insonlarning 5 foizga yaqini mana shu soha orqali pul topgan.
4. Ko‘chmas mulk
Badavlat insonlarning 5,4 foizi boyliklarini ko‘chmas mulk orqali topgan. Masalan, Amerikaning eng boy developeri 7,6 mlrd dollar sof kapitalga ega Stiven Ross hisoblanadi.
3. Notijorat va jamoat tashkilotlari
Millionerlarning 7 foizdan ortig‘i notijorat tashkilotlarida band. Shu bilan birga, ularning ko‘pchiligi, masalan, Bill va Melinda Geyts o‘z boyliklarini dastlab boshqa sohada qo‘lga kiritgan.
2. Iste'mol xizmatlari
Boylarning 16 foizi iste'mol xizmatlari orqali boyigan.
1. Bank va moliya
Ma'lumot berilishicha, boyligi 5 mln dollardan ortiq bo‘lgan tadbirkorlarning aksariyati (30 foizga yaqini) o‘z mablag‘larini bank yoki moliya sohasida qo‘lga kiritgan. Ular orasida JPMorgan Chase bosh direktori Jyeyms Daymon bor.
Mavzuga oid
11:40 / 10.11.2024
Oltin va kumush arzonlashdi, Bitcoin narxi keskin oshdi - xalqaro moliya bozori sharhi
12:10 / 20.10.2024
Dollar mustahkamlandi, Bitcoin va oltin narxi keskin qimmatlashdi - xalqaro moliya bozori sharhi
20:06 / 18.10.2024
O‘zbekiston moliya tizimi uchun qanday xatarlar bor?
13:37 / 06.09.2024