BMT bosh kotibi: «Jurnalistga hujum – jamiyatga hujum»
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish jurnalistlarga qilinayotgan hujumlarni qoraladi. Uning fikricha, hech qanday jamiyat erkin matbuotsiz adolatga erisha olmaydi.
«Jurnalistga hujum – jamiyatga hujum demak. Demokratiyaga so‘z erkinligisiz erishib bo‘lmaydi. Hech qanday jamiyat qonunbuzarliklarni surishtirib, haqiqatni ayta oladigan jurnalistlarsiz adolatli bo‘la olmaydi», deb yozdi BMT bosh kotibi tvitterdagi sahifasida.
Ma'lumot uchun, 30 may kuni AQShda davom etayotgan ommaviy noroziliklar vaqtida namoyishchilar jurnalistlarga hujum qilgan. Vashingtonda Fox News jurnalistlari voqea tafsilotlarini yoritayotgan vaqtda ularga har xil jismlar bilan hujum qilishadi. Suratga olish guruhi qochib ketayotganda namoyishchilardan biri «Har kuni o‘zini mana shunday his qiladigan qora tanli bo‘lish nima ekanini his qilinglar», deb baqirgan.
AQShning Minneapolis shahrida 46 yoshli afroamerikalik Jorj Floyd politsiya tomonidan qo‘lga olinayotgan vaqtda halok bo‘lgach, butun mamlakatda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishchilar binolar, mashinalarni yoqib, bu bilan hukumatga va politsiyaga noroziliklarini ko‘rsatishmoqda.
Mavzuga oid
14:30 / 31.10.2024
UNRWA'ga taqiq: Guterrish Netanyahuga yozma norozilik bildirdi
19:59 / 25.10.2024
Zelenskiy BMT bosh kotibini Kiyevda qabul qilishdan bosh tortdi
11:30 / 25.10.2024
BMT: Guterrish Qozonda RFning Ukrainaga hujumini qoraladi
11:30 / 24.10.2024