O‘zbekiston | 02:42 / 03.06.2020
14765
2 daqiqa o‘qiladi

Sardoba fojiasida 2390ta uy yaroqsiz holga kelgan  – Qurilish vazirligi

Foto: Yangiyer shahar hokimligi matbuot xizmati

2 iyun kuni AOKA shtabida o‘tkazilgan brifingda Qurilish vazirligi matbuot kotibi Jamoliddin Qalandarov Sardoba fojiasida aholining turar joylariga yetgan zarar haqida ma'lumot berdi.

Unga ko‘ra, bugungi kun holatiga 4435ta xonadon talafot ko‘rgan bo‘lib, shulardan  2390tasi yaroqsiz, 2045tasi ta'mirtalab holatdaligi aniqlangan.

“Bugungi kunda  1814ta uyda parallel ravishda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda – Sardoba tumani bo‘yicha 494ta, Oqoltin tumani bo‘yicha 668ta, Mirzaobod tumani bo‘yicha 652ta.

Pudratchi korxonalar tomonidan tom ishlari deyarli tugallangan, rom, deraza va eshiklar o‘rnatilgan, pol ishlari, elektr ishlari santexnika va isitish, ichki va tashqi pardozlash, tashqi devor o‘rnatish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda”, deydi Jamoliddin Qalandarov.

Ma'lum qilinishicha, ko‘p kvartirali uy-joylarni ta'mirlash, ularning tutash hududini tiklash va obodonlashtirish uchun jami 8,4 mlrd so‘m mablag‘ talab etiladi. Jumladan, uylarni ta'mirlash uchun  4,6 mlrd so‘m, obodonlashtirish ishlariga  3,8 mlrd so‘m sarflanishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid