Jamiyat | 11:48 / 23.06.2020
4267
1 daqiqa o‘qiladi

1 iyuldan noshirlik faoliyati uchun litsenziya talab etilmaydi

Noshirlik va matbaa faoliyatlarini boshlash tartibi belgilandi. Endilikda 1 iyuldan noshirlik faoliyati uchun litsenziya, matbaa faoliyati uchun ruxsatnoma talab etilmaydi. Tadbirkor noshirlik yoki matbaa faoliyatini boshlaganidan keyin 10 kun ichida Davlat xizmatlari markazlari orqali AOKAga xabarnoma yuborishi yetarli bo‘ladi.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan noshirlik va matbaa faoliyatini boshlagani haqida vakolatli davlat organini xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 1 iyuldan boshlab noshirlik faoliyati uchun litsenziya, matbaa faoliyati uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.

Tasdiqlangan tartibga ko‘ra, endilikda tadbirkor noshirlik yoki matbaa faoliyatini boshlaganidan keyin 10 kun ichida Davlat xizmatlari markazlari (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga xabarnoma yuborishi kifoya bo‘ladi.

Xabarnoma yuborilganidan keyin 1 ish kunida tasdiqnoma elektron ko‘rinishda xabardor qiluvchiga yetkaziladi.

Shu bilan birga noshirlik va matbaa sohasida amaldagi qonunchilik talablari saqlab qolinadi.

Mavzuga oid