Saudiya Arabistoni xorijlik ziyoratchilar uchun bu yilgi haj ziyoratini bekor qildi
Saudiya Arabistonida virus tarqalishining ikkinchi to‘lqini kuzatilmoqda.
Koronavirus pandemiyasi sababli Saudiya Arabistoni xorijlik ziyoratchilar uchun bu yilgi haj ziyoratini bekor qildi. Bu haqda Sky News Arabia telekanali xabar berdi.
"Haj mamlakat hududida yashaydigan turli millatlarga mansub cheklangan miqdordagi ziyoratchilar ishtirokida amalga oshiriladi", - deya qirollik hukumati bayonotidan iqtibos keltirmoqda telekanal.
Bu yilgi mavsum 28 iyul – 2 avgust oralig‘iga to‘g‘ri kelishi taxmin qilingan.
Dhaka Tribune nashri 6ta mamlakat fuqarolarini bu yilgi haj mavsumiga yubormasligini e'lon qilgani haqida xabar bergandi.
Nashrga ko‘ra, dunyoda eng ko‘p musulmonlar yashovchi Indoneziyadan tashqari, Malayziya, Singapur, Tailand, Kamboja va Bruney bu yilgi ziyorat dasturini qoldirishga qaror qilgan.
Avvalroq Saudiya Arabistoni ichki ishlar vazirligi koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan komendantlik soati bekor bo‘lishini ma'lum qilgandi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 161 mingdan oshgan, kunlik o‘sish 3,393taga yetgan.
Mavzuga oid
15:04 / 22.12.2024
Magdeburgdagi yarmarkaga hujum. Hozirgacha nimalar ma’lum?
23:55 / 03.12.2024
Saudiya Arabistoni mashinissiz boshqariladigan dunyodagi eng uzun metroni ishga tushirdi
15:20 / 03.12.2024
IUCN’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rasman o‘z ishini boshladi
08:10 / 12.11.2024