Jahon | 19:38 / 24.07.2020
7213
2 daqiqa o‘qiladi

Belarus muxolifatchisi Valeriy Tsepkalo mamlakatni tark etdi

29 iyunda Belarus IIV Turkiya fuqarosining arizasiga ko‘ra Valeriy Tsepkaloga nisbatan tergovga qadar surishtiruv olib borilayotganini ma'lum qilgandi.

Foto: Vasiliy Fedosenko / Reuters

Belarus prezidentligiga o‘z nomzodini ilgari surgan Valeriy Tsepkalo mamlakatni tark etdi. U «Dojd» telekanaliga bergan intervyusida o‘zining hibsga olinishi mumkinligi haqida ma'lumotga ega bo‘lganidan so‘ng ketishga qaror qilganini aytdi.

Tsepkaloning ma'lum qilishicha, u bilan birga ikki farzandi ham Rossiyaga ketgan. Turmush o‘rtog‘i Veronika esa Minskda qolgan, u prezidentlikka nomzodi ro‘yxatga olingan Svetlana Tixanovskaya shtabida ishlamoqda.

O‘z navbatida Veronika Tsepkalo nafaqat erining hibsga olinishi, balki ular farzandlariga nisbatan ota-onalik huquqidan ham mahrum qilinishi mumkinligi haqida ma'lumotga ega ekanligini aytgan. U eri hozir Moskvada ekanligini ma'lum qilgan.

29 iyunda Belarus IIV Turkiya fuqarosining arizasiga ko‘ra Valeriy Tsepkaloga nisbatan tergovga qadar surishtiruv olib borilayotganini ma'lum qilgandi.

14 iyulda Belarus MSK Valeriy Tsepkalo va Viktor Babarikoning nomzodini ro‘yxatga olishni rad etdi. Ular amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenkoning jiddiy raqiblari deb hisoblanayotgandi. 

 Belarusda prezident saylovi 9 avgustda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid