Jahon | 01:11 / 26.07.2020
11002
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning bosh infeksionisti koronavirus sababli tahdidlar ostida qolganini aytdi

Foto: Reuters

Entoni Fauchi OIV/OITSga qarshi kurash avjiga chiqqan pallada ham tahdidli maktublar olgan.

AQSh allergik va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauchi oilasiga nisbatan tahdidlar bo‘layotganini aytdi.

"Vaziyat keskin. Menga, xotinim va qizlarimga nisbatan jiddiy tahdidlar bo‘ldi. Bu qanaqasi? Nahotki bu AQShda sodir bo‘layotgan bo‘lsa?" – dedi Fauchi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusni siyosiylashtirish mumkin emas.

"Biz jamoat sog‘lig‘ini saqlashning fundamental tamoyillari haqida gapiramiz. Odamlar qanaqasiga bunga nisbatan dushmanlarcha kayfiyatda bo‘lishlari mumkinligini tushunmayapman", - dedi Fauchi.

Fauchining aytishicha, bu u bilan yuz berayotgan birinchi bunday holat emas. OIV/OITSga qarshi kurash avjiga chiqqan pallada ham u tahdidli maktublar olgan.

AQShda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 4 milliondan oshgan, 145 ming kishi vafot etgan.

Mavzuga oid