Britaniya tashqi razvedkasi MI6’ga yangi rahbar tayinlandi
Britaniyalik diplomat Richard Mur Britaniya tashqi razvedkasi xizmati MI6’ning yangi rahbari etib tayinlandi.
Britaniya hukumati saytida ma'lum qilinishicha, tashqi ishlar vaziri Dominik Raab bosh vazir Boris Jonsonning roziligi bilan Murni MI6’ga rahbar etib tayinlashni ma'qullagan.
Mur bu lavozimda MI6’ga 2014 yildan beri rahbarlik qilib kelgan Aleks Yangerning o‘rnini egallaydi. Yanger esa razvedka xizmatini kuzda tark etadi.
“Men bu tayinlovdan xursandman. Richard razvedkaning tajribali zobiti hisoblanadi va biz uning xizmatga qaytishini intiqlik bilan kutib qolamiz”, deb aytgan Yanger.
Richard Mur 2018 yildan beri Britaniya tashqi ishlar vazirligida siyosiy masalalar bo‘yicha direktor lavozimini egallab keladi. Avvalroq u MI6 bo‘limlaridan biriga rahbarlik qilgan. Mur, shuningdek, Britaniya bosh vazirining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimini egallagan. U 2014-2017 yillarda Britaniyaning Turkiyadagi elchisi sifatida faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid
15:34 / 18.12.2024
Britaniyaning nufuzli universitetlaridan biri O‘zbekistonda filial ochishni rejalashtiryapti
11:35 / 09.12.2024
Britaniya Yangi Toshkentda barpo etiladigan obektlarni loyihalashda ishtirok etmoqchi
12:00 / 02.12.2024
Britaniya O‘zbekiston metallurgiya sohasiga investitsiya kiritishga qiziqish bildirmoqda
11:14 / 02.12.2024