Si Tszinpin xitoyliklarni ovqatlanishda tejamkor bo‘lishga chaqirdi
Xitoy rahbari Si Tszinpin fuqarolarni ovqatlanishdagi isrofgarchilikka barham berish va tejamkor bo‘lishga chaqirdi.
«Sinxua» agentligi xabariga ko‘ra, davlat yetakchisi xitoyliklarning bu boradagi odatlaridan «dahshatga tushgan va afsuslangan».
Si fikriga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi oziq-ovqat xavfsizligi muammolarining yechim topmaganini ko‘rsatmoqda.
«Oziq-ovqatni isrof qilishga barham berish uchun qonunchilikni mustahkamlash, nazoratni kuchaytirish, samaralari choralarni qo‘llash, uzoq muddatli mexanizmlarni yaratish lozim», — deb uning so‘zlarini keltirmoqda RIA Novosti.
XXR raisi bu yo‘nalishda davlat tomonidan izchil targ‘ibot ishlarini olib borish, aholiga ovqatlanish me'yorlarga amal qilish ko‘nikmalarini, isrofgarchilik uyat ekanini, tejamkorlik esa faxrli ekanini singdirish lozimligini ta'kidladi.
Mavzuga oid
20:08 / 10.11.2024
Xitoyga tegishli marsoxod Marsda qadimiy okean izlarini topdi
17:55 / 10.11.2024
Xitoy Filippinning dengiz zonalariga oid qonuniga javoban patrullikni kuchaytiradi
15:18 / 10.11.2024
«Qarz qopqoni»: Xitoy tasarrufiga o‘tgan Shri Lanka porti
08:08 / 09.11.2024