AQShga «Lora» dovuli yaqinlashmoqda. Yuz minglab odamlar evakuatsiya qilinmoqda
AQShga yaqinlashayotgan “Lora” dovuli sababli Texas shtati va unga qo‘shni Luiziana shtatida yuz minglab odamlar o‘z uylarini tark etishlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Evakuatsiya haqidagi farmoyish Texasning Bomont, Galveston va Port-Artur shaharlaridagi kamida 385 ming kishini qamrab oladi. Luizianada esa pastqam joylarda yashaydigan undan ham ko‘proq odamlar o‘z uylarini tark etishlariga to‘g‘ri keladi.
Galveston va Port-Arturda evakuatsiya qilinish haqidagi buyruq 25 avgust soat 6da kuchga kirgan. Vaqtinchalik boshpanalarga yo‘l oladigan odamlarga eng minimal miqdordagi shaxsiy buyumlarni va tibbiy niqoblarni olish tavsiya qilingan. Port-Artur meri uylarida qolishga qaror qiladigan odamlarni “yolg‘iz qolishlari”dan ogohlantirgan.
Xyustonda odamlardan evakuatsiya holatiga oziq-ovqat zaxiralarini tayyorlab qo‘yish so‘ralgan. Bu yerda aksariyat odamlar 3 yil avval yuz bergan “Xarvi” dovuli vaqtida shikastlangan uylarini hali ta'mirdan chiqarib bo‘lishmagan.
Texas, Luiziana va Missisipida favqulodda vaziyat e'lon qilingan.
Dovullarni kuzatish markazi mutaxassislarining ta'kidlashicha, “Lora” shtatlarga 26 avgust oqshomida yoki 27 avgust ertalab yopirilishdan oldin eng yuqori darajadan bitta oldingi – uchinchi darajagacha kuchayadi. Dovul sohilga 185 km/soat tezlik bilan uriladi.
25 avgust ertalabki holatiga ko‘ra, “Lora” Luizianadagi Charlz ko‘lidan 940 km uzoqlikda joylashgan bo‘lgan va 26 km/soat tezlik bilan harakatlangan.
Dovul bungacha Kubadan, undan avvalroq esa Gaiti va Dominikanadan o‘tgan. Tabiiy ofat Gaitida elektr ta'minotini izdan chiqargan, kuchli toshqinlarga olib kelgan hamda 20 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. Shuningdek, dovul Dominikanada ham katta talafotlarga olib kelgan: daryolar o‘z qirg‘oqlaridan toshgan, ko‘chkilar yuz bergan, bir necha ko‘prik qulagan, 4 kishi halok bo‘lgan.
Aksariyat meteorologlar dovul yaqin vaqt ichida faqatgina kuchayishini aytishmoqda.
Mavzuga oid
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
20:42 / 09.11.2024
Oq uy Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Ukrainaga harbiy yordam yuborishni tezlashtirdi
16:25 / 09.11.2024