Jamiyat | 09:25 / 11.09.2020
3050
3 daqiqa o‘qiladi

Biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturida ishtirok etishga arizalar qabul qilish muddati uzaytirildi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi o‘zaro tashabbusi bilan Jizzax, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari kichik biznes vakillaridan Biznesni integratsiyalashgan qo‘llab-quvvatlash dasturida ishtirok etishga arizalarni qabul qilish muddati uzaytirildi. Bu haqda tashkilot rasmiy press-relizida ma'lumot berilgan.

Unga ko‘ra, arizalar 2020 yil 15 sentabr, soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, dastur kichik korxonalarning raqobatdoshligini oshirish, ularning samaradorligini oshirish va o‘sishiga ko‘maklashish maqsadida ularni konsultativ va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga (10,000 AQSh dollarigacha grant mablag‘lari) qaratilgan.

Dastur uch bosqichdan iborat va 3 oy mobaynida davom etadi:

I bosqich: tanlab olingan korxonalar uchun onlayn shaklda treninglar o‘tkaziladi. II bosqich: korxonalar uchun konsalting va shaxsiy kouching maslahatlari beriladi. III bosqich: ishtirokchi kompaniyalarga ularning biznes g‘oyalari/loyihalarini amalga oshirish uchun 10 ming AQSh dollari miqdorigacha ekvivalentda beg‘araz texnik ko‘mak olish imkoniyati beriladi.

Dasturda ishtirok etish uchun, quyidagi mezonlarga mos keladigan, kichik biznes vakillari onlayn shakldagi arizani to‘ldirishlari yoki elektron pochta orqali skaner qilingan shaklni yuborishlari talab etiladi.

Ishtirokchilar uchun asosiy talablar:

  • O‘zbekiston rezidenti tomonidan asos solingan, Jizzax, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida ro‘yxatga olingan yuridik shaxs shaklidagi kichik biznes sub'yekti;
  • Quyidagi keltirilgan sohalar bo‘yicha ikki yildan kam bo‘lmagan muddat ichida faoliyat yuritayotgan bo‘lishi;
  • Ishchilar soni 5 dan 50 gacha bo‘lishi;
  • Soliq va boshqa to‘lovlar, bankdan olingan mablag‘lar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik yo‘qligi;
  • Amalga oshiriladigan reja/loyihaning 20% dan kam bo‘lmagan qismini moliyalashtirish imkoniyati mavjudligi.

Shuningdek, ishtirokchilar 2020 yil sentabr oyidan shu yilning dekabr oyiga qadar treninglar va individual kouching maslahatlarini olish uchun 32 soat o‘quv mashg‘ulotlariga vaqt ajratishga tayyor bo‘lishlari zarur.

Taqdim etiladigan hujjatlar:

  • To‘ldirilgan ariza shakli;
  • Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma nusxasi.

Ayollar yoki 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tomonidan asos solingan yoki ayollar va yoshlar uchun ish o‘rinlari yaratadigan kichik biznes turlari nomzodlarni tanlashda afzallikka ega bo‘ladi.

Dasturda tanlov asosida ishtirok etish mutlaqo bepul.

Hujjatlar bu yerda onlayn tarzda to‘ldirilishi yoki skanerlangan shaklda ibs@chamber.uz elektron pochtasiga yuborilishi lozim. Ariza shaklini bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.

Ma'lumot uchun telefon: 1094

Ma'lumot uchun: biznesni integratsiyalashgan holda qo‘llab-quvvatlash dasturi Yaponiya hukumatining moliyaviy ko‘magi hisobidan amalga oshirilmoqda.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid