Jahon | 18:27 / 19.09.2020
111080
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Rossiya dunyoda hech kimda yo‘q qurolga ega ekanligini aytdi

Putinning so‘zlariga ko‘ra, AQShning raketaga qarshi mudofaa bo‘yicha shartnomadan chiqib ketishi Rossiyani gipertovushli qurol ishlab chiqishga kirishishga majbur qilgan.

Foto: Anadolu Agency

Vladimir Putin Rossiya yangi tarixda ilk bor mutlaqo mukammal, mamlakatni har qanday tashqi tajovuzlardan himoya qila oladigan qurolga ega bo‘lganligini aytdi.

 "O‘nlab yillar davomida biz doim quvuvchi rolida bo‘lishimizga to‘g‘ri keldi, bu atom, yadro qurollari, so‘ngra strategik aviatsiya, undan keyin qit'alararo raketa texnikasi sohalarida. Mana endi, yangi tariximizda ilk bor Rossiya eng zamonaviy qurol turlariga ega, ular bugungi kunda mavjud barcha qurollardan kuchi, tezligi, aniqligi bo‘yicha bir necha baravar ustun, bunday qurol hech kimda yo‘q, har holda, hozircha yo‘q", - dedi Rossiya prezidenti.

 Putinning so‘zlariga ko‘ra, AQShning raketaga qarshi mudofaa bo‘yicha shartnomadan chiqib ketishi Rossiyani gipertovushli qurol ishlab chiqishga kirishishga majbur qilgan.

 "Biz AQShning raketaga qarshi mudofaa tizimlari joylashtirilishiga javoban bu qurolni yaratishimiz shart edi", - dedi u.

Mavzuga oid