Erdo‘g‘an Gretsiya gazetasini haqoratli sarlavhasi uchun sudga berdi
18 sentabr kuni "Demokratiya" gazetasining birinchi sahifasi turk tilida katta harflarda Erdo‘g‘anga nisbatan haqoratli so‘zlar bilan chop etildi. Turkchani bilmaydiganlar uchun esa bu so‘zlarning inglizcha tarjimasi berildi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning advokatlari Gretsiyaning "Demokratiya" gazetasini mamlakat prezidentini haqoratlovchi sarlavha ostida maqola chop etgani uchun sudga berdi. Bu haqda Yeni Safak gazetasi xabar bermoqda.
"Gazetada prezidentimiz sha'niga nisbatan ishlatilgan iboralar eng tuban axloqni ko‘rsatadi", - deyiladi sudga berilgan da'vo arizasida.
Shuningdek, arizada qayd etilishicha, "haqorat – bu boshqa so‘z topolmaganlarning tili bo‘lib, ular yo‘naltirilgan inson uchun emas, balki bu so‘zlarni ishlatganlar uchun sharmandalik hisoblanadi".
18 sentabr kuni "Demokratiya" gazetasining birinchi sahifasi turk tilida katta harflarda Erdo‘g‘anga nisbatan haqoratli so‘zlar bilan chop etildi. Turkchani bilmaydiganlar uchun esa bu so‘zlarning inglizcha tarjimasi berildi.
Juma kuni Gretsiyaning Anqaradagi elchisi Mixail-Xristos Deamessis Turkiya tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu ma'lum qildi. U shuningdek, haqoratni so‘z erkinligi bilan oqlab bo‘lmasligini ta'kidladi.
Gretsiya hukumatining rasmiy vakili Stelios Petsas tahririyatning bu ishini qoralab chiqdi.
Mavzuga oid
16:43 / 06.11.2024
Erdo‘g‘an turkiyzabon davlatlarni umumiy alifboga o‘tishga chaqirdi
21:46 / 30.10.2024
Erdo‘g‘an kurdlarni «Turkiya asrini» birgalikda qurishga chaqirdi
00:08 / 30.10.2024
Turkiya tashqi tahdidlarning oldini olish uchun yangi harbiy platformalar yaratadi
11:30 / 26.10.2024