Jahon | 20:22 / 24.09.2020
8763
2 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi insoniyat pandemiya sinovidan o‘ta olmaganini aytdi

Foto: iStock

Virus dunyo bo‘yicha qariyb bir million kishini o‘ldirdi, 30 milliondan ortiq kishini zararladi, u nazoratdan chiqib ketdi, dedi Antoniu Guterrish.

Insoniyat yangi koronavirus pandemiyasi sinovidan o‘ta olmadi, qurbonlar soni bir millionga yaqinlashmoqda. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Xavfsizlik Kengashining koronavirus bo‘yicha yig‘ilishida aytdi.

«Pandemiya – xalqaro hamkorlik uchun yaqqol sinov bo‘lib, biz bu sinovdan o‘ta olmadik. Virus dunyo bo‘yicha qariyb bir million kishini o‘ldirdi, 30 milliondan ortiq kishini zararladi, u nazoratdan chiqib ketdi», dedi BMT bosh kotibi.

«Bu global tayyorgarlik, o‘zaro hamkorlik, birlik va yakdillikning yetarli emasligi oqibatidir», – deb hisoblaydi Guterrish.

«Koronavirusning qora ko‘lankasi butun dunyoga soya solmoqda. Ammo u bizni harakatga undashi lozim bo‘lgan ogohlantirish hamdir. Boshqa yo‘limiz yo‘q. Global institutlar doirasida birlashamiz yoki parokandalik ortidan yakson bo‘lamiz», – deya xulosa qildi u.

Mavzuga oid