O‘zbekiston | 09:06 / 30.09.2020
5971
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda omborxonaga o‘g‘rilikka tushgan shaxs ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi

Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2020 yilning iyun oyi o‘rtalarida noma'lum shaxs Buxoro viloyati Kogon tumani Tutkunda MFYda joylashgan “Kogon suv qurilish” MChJ omborxonasining eshigi qulfini buzgan holda g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.

Viloyat IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u omborxonadan jami bahosi 26 382 249 so‘mga teng ancha miqdordagi, vazni 902 kg bo‘lgan 11 turdagi bolt, 6 turdagi gayka va 3 turdagi shaybalarni yashirin ravishda o‘g‘irlab ketgan.

Mazkur holat bo‘yicha Kogon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida, ushbu jinoyatni Kogon tumani Tutkunda MFYda yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan Sh.T. sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda Sh.T.ga nisbatan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid