«Rostov» Eldor Shomurodov «Jyenoa»ga o‘tganini e'lon qildi
«Rostov» o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov «Jyenoa»ga o‘tayotganini e'lon qildi va u bilan xayrlashdi.
«Biz «Jyenoa» bilan Shomurodovning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdik. Eldor, omad tilaymiz», – deb yozadi klub matbuot xizmati.
Klub uning xayrlashuvi bo‘yicha ajoyib rolikni namoyish qildi. 25 yoshli futbolchi jamoaga o‘zinining eng yaxshi tilaklarini bildirdi.
«Qadrli «Rostov» muxlislari, qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. Bu yerda doim baxtli edim. Klub doim hayotimning bir qismi bo‘lib qoladi. Gollarimdan keyingi xursandchiliklaringizni xech qachon unutmayman. Sizlarga eng yaxshi tilaklarni tilayman. Klub rahbariyati, murabbiylar shtabi va xodimlardan minnatdorman. Doim «Rostov» muxlisi bo‘lib qolaman», – deydi hujumchi.
Ma'lumot uchun, Shomurodov «Rostov»ga 2017 yili o‘tgan edi. U klub safida 91ta o‘yinda maydonga tushib, 18ta gol urdi.
Mavzuga oid
12:18 / 26.08.2024
Shomurodov gol urishni boshladi, «Chelsi» futbolchilari «quturdi». Yevropada kun o‘yinlari
14:30 / 13.08.2024
Shomurodov MLS klubiga o‘tishi mumkin. Muzokaralar boshlandi - Romano
21:43 / 05.06.2024
Fayzullayev Shomurodovni ortda qoldirib, O‘zbekistonning eng qimmatbaho futbolchisiga aylandi
18:51 / 03.06.2024