Jahon | 13:33 / 21.10.2020
6492
2 daqiqa o‘qiladi

Pentagon Rossiya va Xitoy bilan agressiv raqobat qilishga chaqirdi

AQSh va uning ittifoqchilari dunyoning barcha mintaqalarida Rossiya va Xitoy bilan agressiv ravishda raqobatlashishlari va «eng yomon oqibatlarga tayyorlanishi» kerak, degan Pentagon rahbari Mark Esper.

Foto: AP Photo / Manuel Balce Ceneta

«Biz Rossiya va Xitoyning Amerika, Afrika, Yaqin Sharq, Arktika va Antarktidada qanday harakatlanayotganini ko‘rib turibmiz. Biz ular bilan agressiv tarzda raqobatlashishimiz kerak. Agar ogohlantirish natija bermasa, biz eng yomon oqibatlarga tayyor bo‘lishimiz kerak», degan Esper.

U xatolar yoki tushunmovchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Moskva va Pekin bilan aloqa liniyalarini saqlab turish zarurligini, shuningdek, ushbu davlatlar bilan o‘zaro aloqalar va hamkorlik yo‘llarini izlash lozimligini ta'kidlagan.

Esperning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari Rossiya va Xitoy bilan ziddiyatga kirishga intilmaydilar, ammo har ikki davlat xalqaro qoidalar tizimini doimiy ravishda buzmoqda.

«Biz ushbu tizimni himoya qilishimiz kerak», deya ta'kidlagan u.

Bundan avvalroq AQSh Mudofaa vazirligi dengiz kemalari sonini 530taga yetkazishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid