Londondagi Sherlok Xolmsning uyi Nazarboyevlar oilasiga tegishli − OAV
Sherlok Xolmsning uyidan tashqari, Beyker-stritdagi 215- va 237-uylar orasidagi bino va yerlar ham Nazarboyevlar oilasiga qarashli. Ko‘chmas mulklarning umumiy qiymati 140 million funt sterling (185,6 million dollarga yaqin) deb baholanmoqda.
Sherlok Xolmsning Londondagi Beyker-stritda joylashgan uyi Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning qiziga tegishli. Bu haqda The Times nashri xabar berdi.
Sherlok Xolmsning uyidan (221V) tashqari, Beyker-stritdagi 215- va 237-uylar orasidagi bino va yerlar ham Nazarboyevlar oilasiga qarashli. Ko‘chmas mulklarning umumiy qiymati 140 million funt sterling (185,6 million dollarga yaqin) deb baholanmoqda.
Gazetaning ma'lumot berishicha, 2015 yilda Beyker-stritdagi mulklarining 90 foizi Darig‘a Nazarboyevaga, 10 foizi esa uning o‘g‘li Nurali Aliyevga tegishli bo‘lgan. Ammo ularning rasmiy egasi sifatida Farmont Baker Street Limited firmasi ko‘rsatilgan. Firmani keyinchalik BAA kompaniyasi sotib olgan.
Beyker-stritdagi ko‘chmas mulklar Nuralining otasi, biznesmen Rohat Aliyevga tegishli ekanligi 2015 yilda ma'lum bo‘lgandi. U keyinchalik davlatga xiyonat, qotillik va jinoiy guruh tuzishda ayblangan. Aliyev o‘sha yili Avstriyadagi qamoqxonada o‘z joniga qasd qilgan.
Mavzuga oid
15:10 / 29.10.2024
London dezinformatsiya uchun RFning 3 agentligiga qarshi sanksiyalar kiritdi
11:50 / 23.10.2024
London va Berlin yangi mudofaa shartnomasini tayyorlamoqda
10:20 / 23.10.2024
London Ukrainaga qurol sotib olish uchun bir milliardlik yordam va’da qilmoqda
12:40 / 16.10.2024