Sport | 15:00 / 19.11.2020
4035
5 daqiqa o‘qiladi

«Samarkand Half Marathon 2020»: shahar va klublar bo‘yicha g‘oliblar taqdirlandi

17 noyabr kuni shahar va klublar musobaqasi yakunlari sarhisob qilindi. Tadbir yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida tashkilotchilar va hamkorlar o‘zaro hamkorlikni davom ettirish istagini bildirib, g‘oliblar nomini e'lon qildi.

Tashkiliy qo‘mita bergan ma'lumotga ko‘ra: «Samarkand Half Marathon»ning o‘ziga xos xususiyati yarimmarafonda ishtirok etish uchun maxsus tashkil etilgan yugurish klublarining ishtiroki bo‘ldi. Turli kompaniya va korxonalar vakillari tomonidan shakllantirilgan havaskor va korporativ yugurish klublari respublikamizning asta-sekin kengayib borayotgan yugurish jamg‘armasining tarkibiy qismiga aylandi.

G‘oliblar «Yuguruvchi poytaxt» va «Eng yaxshi klub» nominatsiyalarida 3 ta o‘rin bo‘yicha taqdirlandilar. Natijalarga ko‘ra, katta farq bilan «Yugurish poytaxt» mukofotiga:

  • Toshkent shahri 5581 km bilan sazovor bo‘ldi, ikkinchi o‘rinni Dushanbe shahri 370 km;
  • uchinchi o‘rinni Samarqand shahri 266 km natijalari bilan hamda eng yaxshi klub
  • «Tashkent runners» klubi 943 km, ikkinchi o‘rinni «Sporty Family» klubi 777 km, uchinchi o‘rinni «Tourism runners» klubi 563 km natijalari bilan qo‘lga kiritishdi.

Matbuot anjumanida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ishtirok etib  yarimmarafon yakunlariga ko‘ra fikr bildirdi:

«Virtual yugurishning umumiy statistikasiga muvofiq, butun dunyo bo‘ylab 35 mamlakatdan 3000 nafardan ortiq inson ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tganligi qayd etildi. Bu raqamlar insonlarning atrofida sodir bo‘layotgan voqealarga befarq emasligini anglatadi. Bundan oldingi o‘tkazilgan marafonimizda ishtirokchilar 1.582 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, ko‘rib turganingizdek, bu yil ularning soni ikki barobarga oshgan va ishonchimiz komilki, oshish davom etadi. Xayriya ishiga o‘z hissasini qo‘shishni istaganlar soni juda ko‘pchilikni tashkil qilganligi bois, joriy yilning 1 dekabriga qadar yarimmarafon ro‘yxatidan o‘tishni davom ettirishni ma'qul ko‘rdik. Ro‘yxatdan o‘tganlar sonining oshishi autizmga chalingan insonlarga yordam tariqasida to‘planayotgan mablag‘lar tushumining oshishini anglatadi..»

2020 yilda Samarkand Half Marathon loyihasi autistik xarakterga ega buzilishlarga bag‘ishlandi. Loyiha doirasida bu yilgi o‘quv dasturlari onlayn tarzda o‘tkazilib, ularning aksariyati Samarkand Half Marathonning ijtimoiy tarmoqlarida chop etilgan ochiq Zoom uchrashuvlar, havolalar formatida o‘tkazildi.

Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori tashkilotchilar tomonidan odamlarning xayriya tashabbuslarida bajonidil ishtirok etayoganligini e'tirof etishi, ularning loyihaga befarq emasligidan dalolat bildirishini ta'kidlab o‘tdi.

Shuningdek, Gayane Umerova Toshkent va Samarqandda badiiy studiyalar uchun dizayn loyihasini yaratadigan me'morni tanlash uchun ochiq tanlov boshlanganini e'lon qildi.

Jizzaxda va Bo‘stonliq tumanida ham yugurish musobaqalarini tashkil etishga qaror qilindi, dunyoda mashhur bo‘lgan yangi «Skandinavcha yurish» birinchi marta rasman e'lon qilindi hamda musobaqaga 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun yangi “Kids Race” bolalar yugurish musobaqasi qo‘shildi.

Yarimmarafon madaniy dasturiga Beat Film Festival (Rossiya) bilan hamkorlikda tayyorlangan hamda Toshkent va Samarqanddagi ochiq joylarda namoyish etilgan, shuningdek, onlayn ko‘rish uchun yarimmarafon saytiga joylashtirilgan kinokartinalar ham kiritildi. Bundan tashqari, Toshkentdagi Zamonaviy san'at markazi va Centro Samorotto (Italiya) hamkorligida yarimmarafon veb-saytida joylashtirish uchun ASBli bolalarga mo‘ljallangan bir qator mahorat darslari tayyorlangan.

Tadbirda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov ham ishtirok etdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Mavzuga oid