Eksport qilingan o‘zbek mevasidan yana zararkunanda topildi
«Rosselxoznadzor» O‘zbekistondan keltirilgan quruq mevada kaper qo‘ng‘izi topilganini ma'lum qildi.
Rossiya Federatsiyasining Veterinariya va fitosanitariya bo‘yicha federal xizmati («Rosselxoznadzor») import qilingan o‘zbek quruq mevasida karantinli zararkunanda – kaper qo‘ng‘izi mavjudligini aniqlagani haqida xabar berildi.
«O‘zbekistondan keltirilgan 1 tonna quritilgan o‘rik mevasini fitosanitar karantin tekshiruvidan o‘tkazish tadbirida kaper qo‘ng‘izi (Trogoderma granarium Ev.) aniqlandi. Zararkunanda lichinka holida bo‘lib, bir kilo tovarda ikkita topilgan», — deya xabar beradi RIA.
«Rosselxoznadzor» mamlakatda barqaror fitosanitar sharoitni saqlab qolish maqsadida O‘zbekiston quruq meva va yong‘oq mahsulotlari importiga taqiq qo‘yish talabini ilgari surishi mumkin.
Idora xabariga ko‘ra, ayni paytda tomonlar mazkur masala yuzasidan muzokara olib borishmoqda.
Avvalroq, Rossiya Federatsiyasining Veterinariya va fitosanitariya bo‘yicha federal xizmatining («Rosselxoznadzor») rasmiy veb-saytida O‘zbekistondan Rossiyaga qalampir va pomidor mahsulotlarining kirib kelishi uchun vaqtinchalik taqiq qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:45 / 21.09.2024
Zelenskiy Rossiya bilan muzokara uchun «uchta band» tayyorlayotganini ma’lum qildi
17:47 / 21.09.2024
Ukrainadagi urushning hozirgi pallasi: ekspertlar sharhi
15:30 / 21.09.2024
Moskva Rossiya bozorini tark etgan xorijliklar uchun to‘lovni oshirmoqchi
14:30 / 21.09.2024