Antimonopoliya qo‘mitasi vakili «O‘zavtosanoat» taftish komissiya a'zoligidan chiqarildi
«O‘zavtosanoat» AJning taftish komissiyasi a'zosi Mustafina Viktoriya Valerevnaning vakolatlari muddatidan oldin tugatildi va uning o‘rniga boshqa idora vakili taftish komissiyasi a'zosi sifatida tasdiqlandi.
«O‘zavtosanoat» AJning taftish komissiyasi a'zosi Mustafina Viktoriya Valerevnaning vakolatlari muddatidan oldin tugatildi hamda uning o‘rniga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi boshqarma boshlig‘i Badalboyev Sherzod Alijon o‘g‘li taftish komissiyasi a'zosi sifatida tasdiqlandi. Bu haqda jamiyat boshqaruv organining navbatdan tashqari yig‘ilishida qabul qilingan qarorda ma'lumot berilgan.
Jamiyat taftish komissiyasi a'zosi bo‘lgan Viktoriya Mustafina ayni paytda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida Tovar, moliya va raqamli bozorlarda bozor konsentratsiyasini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida mehnat qiladi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot kotibi Mo‘min Ibodovning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, Mustafina o‘z arizasiga ko‘ra komissiya a'zoligidan ketgan.
«Davlat aktivlarini boshqarish agentligi jamiyatning yagona aksiyadori sifatida agentlik boshqarma boshlig‘ini taftish komissiya a'zoligiga tasdiqladi», — deydi Ibodov.
«O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyatining taftish komissiyasi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, taftish komissiyasi jamiyatning nazorat organi bo‘lib, kompaniya yagona aksiyadori tomonidan saylanadi. Ushbu komissiya kompaniyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini ichki nazorat qilishni amalga oshiradi.
Eslatib o‘tamiz, 11 dekabr kuni Toshkent shahar ma'muriy sudi «UzAuto Motors» ishini qayta ko‘rib chiqishi haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:33 / 13.11.2024
«O‘zbekiston temiryo‘llari» 1 dekabrdan yuk tashish tariflarini 30 foizga oshiradi
08:08 / 07.11.2024
Monopoliyaga qarshi organ roziligisiz davlat ishtirokidagi korxona tashkil etilgan 4 ta holat aniqlandi
14:06 / 26.10.2024
Taom yetkazib berish xizmatlari bozori monopollashdi
19:03 / 15.10.2024