BMT mutaxassisi rohingya qochqinlari jo‘natilgan orolda xavfsizlik bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishni talab qilmoqda
BMTning inson huquqlari bo‘yicha mutaxassisi Bangladeshdan 1600 nafar rohingya qochoqlari jo‘natilgan orolda xavfsizlik tekshiruvini o‘tkazishga ruxsat berishni talab qildi. Qochoqlar o‘tgan hafta orolga jo‘natilgan bo‘lib, mutaxassis ular ko‘chishga majburlanmaganligiga amin bo‘lmoqchi.
BMTning fikricha, toshqinlar ko‘p bo‘ladigan Basan Char orolida texnik va xavfsizlik tekshiruvi o‘tkazishga ruxsat berilmagani va qochoqlarni ko‘chirishda qatnashishga jalb qilinmaganidan norozi.
BMTning Myanmadagi inson huquqlari bo‘yicha mutaxassisi Tomas Endryusning aytishicha, tekshiruv barchani qoniqtiradigan yo‘l hisoblanadi. «Shundagina Basan Char qochoqlarni o‘z bag‘riga olishga yaroqli ekaniga ishonch hosil qilish va qanday o‘zgarishlar kerak bo‘lishini aniqlash mumkin. Shundagina Bangladesh hukumatining Basan Charga qochoqlar o‘z xohishlariga ko‘ra ko‘chganlari haqidagi ma'lumotga ishonish mumkin», degan Endryus o‘z bayonotida.
Bangladesh hukumati hali javob berganicha yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Bangladesh hukumati qochoqlar orolga o‘z xohishlariga ko‘ra ko‘chganlarini aytgan. Biroq qochoqlarning o‘zi va ayrim mutaxassislar ko‘chishga majbur qilinganini iddao qilishmoqda.
Mavzuga oid
08:10 / 19.09.2024
BMT Bosh assambleyasi Isroilni Falastin hududini tark etishga chaqirdi
18:36 / 14.09.2024
O‘zbekiston Global kiberxavfsizlik indeksidagi o‘rnini yaxshiladi
09:37 / 09.09.2024
BMT: Ukrainada tinch aholi o‘limi keskin oshdi
15:03 / 05.09.2024