Kambag‘al mamlakatlar 2024 yilgacha vaksinaga ega bo‘lmasligi mumkin – JSST
Rejaga muvofiq, 2021 yil oxirigacha 2 mlrd doza vaksina ishlab chiqarilishi va dunyo bo‘yicha teng taqsimlanishi lozim.
Agarda koronavirusga qarshi vaksina bilan ta'minlash bo‘yicha COVAX xalqaro mexanizmi muvaffaqiyatsizlikka uchraydigan bo‘lsa, kam daromadli mamlakatlar kamida 2024 yilgacha vaksinasiz qolishi mumkin. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda COVAX dasturini amalga oshirayotgan Vaksina va immunizatsiya bo‘yicha global alyansning (GAVI) qayd etishicha, mexanizm mablag‘ yetishmovchiligi, vaksina yetkazib berishning izdan chiqishi xavfi va COVAX qatnashchilari uchun murakkab shartnomaviy sharoitlarga duch kelgan.
"COVAX mexanizmi barbod bo‘lishi xavfi juda yuqori", - deyiladi GAVI hisobotida.
Hujjatda qayd etilishicha, bu dasturni amalga oshirish muddatining qisqaligi va kerakli tajribaning yo‘qligi bilan bog‘liq.
COVAX ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va markazlashgan xaridlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mexanizm hisoblanadi. Hozirda unga 180dan ortiq mamlakat qo‘shilgan.
Dasturga ko‘ra, yuqori daromadli mamlakatlar vaksina sotib olish uchun pul to‘laydi va shu orqali moliyalashtiriladigan davlatlarni subsidiyalaydi. Rejaga muvofiq, ushbu mexanizm doirasida 2021 yil oxirigacha 2 mlrd doza vaksina ishlab chiqarilishi va dunyo bo‘yicha teng taqsimlanishi lozim.
Mavzuga oid
17:48 / 01.11.2024
Dunyodagi eng halokatli infeksiya nomi ma’lum bo‘ldi
20:25 / 23.10.2024
Britaniyada norovirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlandi
21:15 / 13.09.2024
JSST maymunchechakka qarshi birinchi vaksinani tasdiqladi
00:00 / 06.09.2024