Poytaxtdagi tuman hokimliklaridan birida ishlovchi mansabdor shaxs 35 ming dollarni pora tariqasida olayotganda qo‘lga tushdi
Toshkent shahridagi tuman hokimliklaridan birida ishlaydigan mansabdor shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “O‘zbekiston24” telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu mansabdor shaxs Navoiy viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan mas'uliyati cheklangan jamiyatlaridan biriga Toshkent shahri hududidan 16 sotix yer maydonini rasmiylashtirib, Toshkent shahar hokimligining tegishli qarorini chiqartirib berish evaziga tadbirkordan har bir sotix yer uchun 22 ming AQSh dollaridan, jami 352 ming dollari talab qilgan.
DXX va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu shaxs so‘ralgan puldan 35 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, DXX va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari o‘tkazgan yana bir tadbirda Bo‘stonliq tumanida muqaddam sudlangan shaxs 1 gektar yerni hokimlikdagi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish uchun 160 ming dollar talab qilgani aniqlandi. U shu puldan 80 ming dollarni olayotganda qo‘lga tushgan.
Mavzuga oid
11:12
2024 yil Toshkentda 238 kgdan ortiq giyohvandlik va psixotrop moddalar ushlandi
15:02 / 14.01.2025
“Oyi, men avariyaga uchradim” – Toshkentda g‘aroyib firibgarlik sodir etildi
11:30 / 11.01.2025
Olmazor tumani prokuraturasi tergovchisi 20 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi
18:18 / 03.01.2025