Jahon | 16:56 / 24.12.2020
3631
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda Sinopharm kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasidan foydalanishga ruxsat berildi

Xitoyda koronavirusga qarshi 11ta vaksina klinik sinovdan o‘tkazilmoqda.

Foto: Visual China Group

Xitoy dori vositalarini muvofiqlashtirish tashkiloti Sinopharm farmatsevtika korporatsiyasining koronavirusga qarshi inaktivlashgan vaksinasini ma'qulladi. Bu haqda tashkilot bayonotida aytilmoqda.

Qayd etilishicha, vaksina yaqin vaqt ichida bozorga chiqadi.

Avvalroq Sinopharm 2021 yilda koronavirusga qarshi 1 mlrd dozagacha vaksina ishlab chiqarishni rejalashtirgani ma'lum qilingandi.

Xitoyda koronavirusga qarshi 11ta vaksina klinik sinovdan o‘tkazilmoqda. To‘rtta vaksina klinik sinovlarning uchinchi bosqichiga o‘tgan.

Mavzuga oid