Jahon | 01:09 / 03.01.2021
6432
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina bosh sanitar vrachi mamlakatda Rossiyaning COVID-vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazilmasligini aytdi

Viktor Lyashkoning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qat'iy nazorat siyosatiga ega mamlakatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaksinalarni ro‘yxatga olishga qaror qilgan. 

Foto: Reuters

Ukraina bosh sanitar vrachi Viktor Lyashko mamlakatda Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazilishi ehtimolini rad etdi. Ukraina faqat klinik tadqiqotlarning uchinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan vaksinalardan foydalanadi, deb yozdi u o‘zining Facebook sahifasida.

"Shuning uchun Ukrainada Rossiya vaksinasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi to‘g‘risidagi barcha mish-mishlar va siyosiy bayonotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", - deb ta'kidladi u.

Lyashkoning qo‘shimcha qilishicha, bugungi kunda regulyatorlar tomonidan foydalanishga ruxsat berilgan vaksinalar bor.

"Shundan kelib chiqib, Ukraina qat'iy nazorat siyosatiga ega mamlakatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaksinalarni ro‘yxatga olishga qaror qildi", - dedi u.

Avvalroq Vengriya Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini sotib olishdan voz kechgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga oid