O‘zbekiston | 17:49 / 23.01.2021
73434
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi-Angren IESdagi portlagan sexning rahbari o‘zini osdi

Bugun, 23 yanvar kuni, Yangi-Angren IESda sex rahbari lavozimida ishlab kelgan 40 yoshli S.Sh. uyida o‘zini osib, vafot etgan. Marhum IESda sodir bo‘lgan portlash ishi bo‘yicha tergovga jalb qilingani aytilmoqda.  

Ma'lum bo‘lishicha, IESdagi portlash aynan u rahbarlik qiladigan sexda sodir bo‘lgan. Mazkur xabarni Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati rahbari Behzod Qobulov va Kun.uz’ning yana bir manbasi tasdiqladi. 

Hozircha marhum S.Sh.ning o‘zini osishiga nima yoki qanday voqelik sabab bo‘lgani ma'lum emas. 
  
Eslatib o‘tamiz, 20 yanvar kuni soat 11:42da Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasining profilaktika choralarini ko‘rish uchun to‘xtatilgan 5-energiya blokida chang-ko‘mirli havo aralashmasi portlagan edi.

Uch kishi voqea joyida vafot etdi, yana uch kishi jarohatlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.

Mavzuga oid