O‘zbekiston | 13:53 / 28.01.2021
49303
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident: Bitta viloyat hokimi va bitta vazirni shu hafta ishdan olaman

O‘zbekistonda viloyat hokimlaridan biri va vazirlardan biri ishdan bo‘shatilishi kutilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kungi selektorda ma'lum qildi.

«Bitta viloyat hokimi, bitta vazirni bu hafta ishdan olaman. Noinsofligi uchun ishdan olaman. Aravani tortmagani uchun. Eshitasizlar hali», – dedi davlat rahbari.

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, Mirziyoyev ishdan olinadiganlar o‘rniga yosh kadrlar tayinlanishini qo‘shimcha qilgan.

«Bosh vazirga o‘nta vazirni ishdan olishimiz kerak deganman. Ikkitasi ishdan olindi, lekin bu hali yetarli emas», – ta'kidladi u.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil yanvarida kommunal xizmatlar vaziri va oliy ta'lim vaziri o‘zgargan edi.

Mavzuga oid