O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinani birinchi navbatda kimlar olishi haqida ma'lumot berildi
Koronavirusga qarshi vaksina bilan birinchi navbatda keksalar, tibbiyot xodimlari, surunkali kasalliklari bo‘lgan aholi vakillari, maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlari, qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari emlanadi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Botir Qurbonov ma'lum qildi.
Brifingda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish, aholi salomatligini saqlash, barqaror sanitariya-epidemiologik holatni ta'minlash, Covid-19’ga qarshi emlash jarayoni haqida ma'lumot berildi. Bunday yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish bo‘yicha eng samarali yo‘l – immunizatsiya tadbirlari, ya'ni sog‘lom insonlarni ushbu kasallikka qarshi emlash ekani ta'kidlandi. O‘zbekistonda birinchi navbatda uzoq umr ko‘ruvchilar (85 yosh va undan yuqori), keksalar (75 yoshdan 84 yoshgacha), qariyalar (65 yoshdan 74 yoshgacha), tibbiyot xodimlari, surunkali kasalliklari bo‘lgan aholi, maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlari, qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini emlash rejalashtirilgan.
Ayni paytda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan keltirilgan vaksinalar ko‘ngillilarda sinovdan o‘tkazilmoqda.
«Xitoyning Ayhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi koronavirus rekombinant vaksinasining xavfsizligi va Covid-19 infeksiyasining oldini olishdagi samaradorligini aniqlash maqsadida 3-faza klinik tadqiqotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 9000 nafar ko‘ngillilar orasida immunizatsiya tadbirlarini o‘tkazish uchun vaksinalar olib kelingan. Respublikaga 8 nafar xitoylik mutaxassislar tashrif buyurishgan, bugungi kunda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda 3 faza-klinik bosqichi amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda Ichki ishlar vazirligiga qarashli 3ta poliklinikada, Innovatsion rivojlanish vazirligining ko‘rgazmalar zalida va Yunusobod tumani 15-sonli oilaviy poliklinikada jami 5ta muassasada Covid-19’ga qarshi ko‘ngillilarni skringdan o‘tkazish va vaksinatsiya qilish uchun maxsus joy tashkil qilingan.
Shu bilan bir qatorda, Rossiyada ishlab chiqilgan SPUTNIK-V vaksinasini ham olib kelish, ushbu vaksinani sertifikatlash va emlash tadbirlari boshlanishi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda», degan Botir Qurbonov.
Mavzuga oid
17:48 / 01.11.2024
Dunyodagi eng halokatli infeksiya nomi ma’lum bo‘ldi
20:25 / 23.10.2024
Britaniyada norovirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlandi
21:15 / 13.09.2024
JSST maymunchechakka qarshi birinchi vaksinani tasdiqladi
00:00 / 06.09.2024