SFI Management Group «O‘zmetkombinat», OKMK va «O‘zikkilamchiranglimetall» kompaniyalaridagi ishonchli boshqaruvini to‘xtatdi
«Olmaliq KMK» AJ, «O‘zmetkombinat» AJ va «O‘zikkilamchiranglimetall» AJ kompaniyalari Shveytsariya kompaniyasi ta'sischiligida tashkil etilgan «SFI Management Group»ning ishonchli boshqaruvidan chiqarildi.
17 fevraldan «SFI Management Group» va O‘zbekiston hukumati «O‘zmetkombinat», Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va «O‘zikkilamchiranglimetall»ni ishonchli boshqarish to‘g‘risidagi shartnomani bekor qildi.
Kompaniya xabariga ko‘ra, ustav fondida davlat ulushiga ega yuqoridagi aksiyadorlik jamiyatlari erkin bozor sharoitida ishlashga tayyor va belgilangan ish rejasi bo‘yicha yuklamalarni to‘liq bajarmoqda.
Ma'lumot uchun, «SFI Management Group» MChJ xorijiy korxonasi korxonalarni bozor munosabatlariga moslashtirish, xalqaro standartlarni joriy etish, xorijiy mutaxassislar va investitsiyalarni jalb qilishda faol ishtirok etish orqali O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shish maqsadida tashkil etilgan.
Kompaniya qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining litsenziyasiga ega va ishonchli boshqaruv shartlari asosida «Olmaliq KMK» AJ, «O‘zmetkombinat» AJ va «O‘zikkilamchiranglimetall» AJlar boshqaruvini qo‘lga kiritgandi.
2017 yil avgust oyida «SFI Management Group» investitsiya majburiyatlarini bajarish sharti bilan «Paxtakor» FK MChJ ustav fondidagi 80 foiz ulushni sotib olgan. «SFI Management Group» «Paxtakor» FKga besh yil davomida kamida 200 milliard so‘m sarmoya kiritishni (yangi stadion qurish) rejalashtirgan.
«SFI Management Group», shuningdek, Toshkent metallurgiya zavodining ham hissadorlaridan sanaladi.
Mavzuga oid
17:00 / 02.11.2024
OKMKning 75 yilligi: O‘zbekiston sanoat faxri bo‘lgan kombinatda yirik o‘zgarishlar
22:21 / 17.10.2024
«O‘zmetkombinat»ga yangi rahbar tayinlandi
20:17 / 15.10.2024
Olmaliqda 4-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlandi
17:08 / 15.10.2024