Jahon | 21:56 / 27.02.2021
6205
2 daqiqa o‘qiladi

Pashinyan Armaniston prezidentiga bosh shtab boshlig‘ini bo‘shatish taklifini qayta jo‘natdi

Avvalroq Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan bosh vazir Nikol Pashinyanning qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘i Onik Gasparyanni lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi taklifini imzolamagandi. 

Armen Sarkisyan va Nikol Pashinyan

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakat prezidenti Armen Sarkisyanga qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘i Onik Gasparyanni lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi taklifini qayta jo‘natdi. U bu haqda o‘zining Facebook sahifasida ma'lum qildi.

"Prezident bosh shtab boshlig‘ini ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi taklifni bosh vazir apparatiga qaytarishga qaror qildi. Bu yuzaga kelgan vaziyatni hal qilishga yordam bermaydi. Men bosh shtab boshlig‘ini bo‘shatish haqidagi taklifim tegishli tartibda imzolanishini kutib, uni prezidentga yana bir bor yuboraman", - deb yozdi u.

Avvalroq Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan bosh vazir Nikol Pashinyanning qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘i Onik Gasparyanni lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi taklifini imzolamagandi.

Sarkisyan hech qaysi siyosiy kuchni qo‘llab-quvvatlamasligini, bosh shtab boshlig‘ini ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi farmon esa konstitutsiyaga zid ekanligini bildirgan.

Armaniston qurolli kuchlari bosh shtabi Nikol Pashinyanning iste'fosini talab qilib chiqqanidan so‘ng Pashinyan bosh shtab boshlig‘i Onik Gasparyanni lavozimidan bo‘shatishni so‘rab mamlakat prezidentiga taqdimnoma kiritgandi.

Mavzuga oid