Politsiya «Barselona»ning sobiq prezidentini qo‘lga oldi
Xosep Bartomeudan tashqari, «Barselona» ijrochi direktori Oskar Grau va yuridik xizmatlar bo‘yicha mas'ul Roman Gomes Ponti ham qo‘lga olingan.
«Barselona» futbol klubining sobiq prezidenti Xosep Bartomeu politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Cadena SER nashri xabar bermoqda.
Nashrning ma'lumot berishicha, Bartomeudan tashqari, «Barselona» ijrochi direktori Oskar Grau va yuridik xizmatlar bo‘yicha mas'ul Roman Gomes Ponti ham qo‘lga olingan.
Xabarda aytilishicha, dushanba kuni Kataloniya politsiyasi klub bosh ofisida tintuv o‘tkazgan. OAV yana boshqalar ham qo‘lga olinishi mumkinligini istisno etmayapti.
Bartomeu o‘zini tanqid qilganlar to‘g‘risida tuhmat tarqatish bilan shug‘ullangan kompaniya xizmatidan foydalanganlikda gumon qilinmoqda. Politsiyaning fikricha, ushbu kompaniya bilan hamkorlik qilishda moliyaviy va yuridik nazoratning ichki qoidalari buzilgan. Klub ofisida tintuv davom etmoqda, politsiya qoida buzilishini tasdiqlovchi hujjatlarni izlamoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:02 / 22.12.2024
«Barsa»da inqiroz, «Siti»da antirekord. Kun o‘yinlari
12:24 / 16.12.2024
«Barsa» yana autsayderga yutqazdi, «Siti» kambek qurboni. Kun o‘yinlari
11:17 / 12.12.2024
«Siti» yana yutqazdi, «Barsa»da muhim g‘alaba. YeChLda kun o‘yinlari
12:04 / 08.12.2024