O‘zbekiston | 08:16 / 04.03.2021
2993
3 daqiqa o‘qiladi

Davlat ishtirokidagi korxonalarning saytida qanday axborotlar joylashtirilishi lozimligi aniqlashtirildi

Vazirlar Mahkamasining «Davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalarining rasmiy veb-saytlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi.

Foto: lequid

Norma’ning yozishicha, ushbu Nizom ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishi majburiy bo‘lgan axborotga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
 
Quyidagi axborotlar joylashtirilishi lozim:

  • korxonaning asosiy yo‘nalishlari va maqsadlari;
  • ustav fondi (ustav kapitali) va uni taqsimlash;
  • korxona ustavi;
  • korxonaning tashkiliy tuzilmasi, tarkibiy bo‘linmalari, filiallari, vakolatxonalari, davlat nomidan mulkdor (muassis, aksiyador, ishtirokchi) funksiyalarini bajaruvchi vazirliklar va idoralar, shuningdek, ulushi bo‘lgan korxonalar nomi, ular joylashgan manzili va bog‘lanish uchun telefon raqami, elektron pochta manzili hamda ularning ish tartibi to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
  • korxona rahbarlari (direktor yoki boshqaruv raisi va o‘rinbosarlari) to‘g‘risidagi ma'lumotnoma axborot;
  • korxonaning affillangan shaxslari va yakuniy manfaatdor shaxslari (benefitsiarlari) ro‘yxati va boshqalar.

Shuningdek har chorak yakunlari bo‘yicha hisobot davrining keyingi oyi davomida quyidagi axborotlar joylashtiriladi:

  • biznes-reja ijrosi holati to‘g‘risida va rivojlanish strategiyalarida nazarda tutilgan dasturlarning natijalari to‘g‘risidagi axborotlar;
  • buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlar;
  • xaridlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar, shu jumladan import evaziga xaridlarning to‘liq ro‘yxati va uni amalga oshirish zarurati hamda uni qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risidagi asoslangan axborotlar;
  • korxona boshqaruv organlari tomonidan o‘tkazilgan umumiy yig‘ilishda qabul qilingan qarorlar.

Rasmiy veb-saytda quyidagi asosiy funksiyalar joriy etilishi majburiy hisoblanadi:

  • izlash;
  • mobil qurilmalar uchun soddalashtirilgan dizaynli korxona rasmiy veb-sayti versiyasi;
  • imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish (kontrastni qo‘shimcha qilish, shriftni kattalashtirish, ovoz va boshqa funksiyalar);
  • jamoatchilik fikrini o‘rganish va korxona faoliyatiga tegishli masalalarni muhokama qilish vositalari (onlayn so‘rovlar, bloglar, forumlar);
  • tashriflarni va statistikani nazorat qilish vositalari.

Mavzuga oid