O‘zbekiston | 10:45 / 17.03.2021
13166
2 daqiqa o‘qiladi

Deputat Farg‘ona viloyati hokimining yangi birinchi o‘rinbosariga aylandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Avaz O‘rinboyev Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining a'zosi Avaz Rustamovich O‘rinboyev Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Avaz O‘rinboyev 1978 yilda Oltiariq tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika institutini hamda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

1996 yilda «O‘ztadbirkorbank» Oltiariq tuman bo‘limida o‘z mehnat faoliyatini boshlagan. 1999 yildan 2005 yilgacha «Asaka» Bank Oltiariq tuman bo‘limida, 2005-2011 yillarda Markaziy Bank Farg‘ona viloyat bosh boshqarmasida faoliyat olib borgan. 2011-2012 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Qo‘qon filialini,  2012-2015 yillarda Farg‘ona viloyati bo‘limini boshqargan.

2015-2020 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati – Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a'zosi. 2020 yilda 107-Rishton saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.

  • Avaz O‘rinboyev Farg‘ona viloyati hokimligida vakant lavozimni egalladi. 2020 yil aprelidan buyon Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Mirzohid Ubaydullayev 2021 yil fevralida Farg‘ona shahrining yangi hokimi etib tayinlangandi.

Mavzuga oid