Jahon | 00:32 / 27.03.2021
4227
2 daqiqa o‘qiladi

JSST rahbari vaksinalar qalbakilashtirilayotganidan xavotir bildirdi

Foto: Global Look Press

JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyyesus koronavirusga qarshi vaksinalarni davlatlar emlash dasturlari doirasida harakat qilmaydigan savdogarlardan, jumladan internet orqali sotib olmaslikka chaqirdi. U Jyenevadagi brifingda vaksinalarning bo‘sh ampulalari jinoyatchilar tomonidan takror ishlatilmasligi uchun ularni tegishlicha utillashtirish zarurligiga e'tibor qaratdi.

“Koronavirusga qarshi vaksinalarning bo‘shagan ampulalari jinoiy guruhlar tomonidan takror ishlatilmasligi uchun ularni xavfsiz yo‘q qilishga chaqiramiz”, deb aytgan JSST rahbari.  

Gebreyyesusning ta'kidlashicha, JSST jinoiy guruhlarda koronavirusga qarshi vaksinaga dunyoda bo‘lgan ulkan talabdan foydalanish uchun imkoniyatlar borligidan xavotirlanmoqda. U, shuningdek, bir qator davlatlar sog‘liqni saqlash vazirliklari, davlat xaridlari bilan shug‘ullanuvchi mutasaddi tashkilotlari vaksinalar yetkazib berish bo‘yicha shubhali takliflar olganini qo‘shimcha qilgan.  

JSST bosh direktorining ta'kidlashicha, internetda, ayniqsa uning darknet qismida qalbakilashtirilgan vaksina sotilmoqda. Uning aytishicha, JSST vaksina bilan bog‘liq korrupsiyaviy holatlar va bo‘sh ampulalar takror qo‘llanayotgani haqidagi xabarlardan voqif.

Mavzuga oid